Yangi Konstitutsiya bilan Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!

 

O‘zbekiston XDP Termiz tuman kengashi raisi G. Bekjanova, Toshkent davlat yuridik universiteti "Targ‘ibot poyezdi", xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti majlislar zalida "Yangi Konstitutsiya bilan Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

So‘zga chiqqanlar yangi Konstitutsiya loyihasida inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirilganligini, shuningdek, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar doirasi kengayayotganligini ta’kidlab, barchani 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish