Konstitutsiyada ayollar huquqlari

 

Xalk deputatlari Urganch tuman Kengashi deputati Z. Kurbonboyeva Urganch tuman axborot resurs markazi, 38-son maktab faollari bilan uchrashib, “Yangilanayotgan Konstitutsiyaga ovoz beramiz!" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi.

Muloqotda Konstitutsiyada o‘z aksini topayotgan muhim jihatlar, ya’ni xotin-qizlar huquqlari masalasi, yoshlar va nogiron shaxslarning ijtimoiy himoyalanishi davlat tomonidan kafolatlanayotganligi borasida batafsil tushunchalar berildi.

O‘zbekiston XDP Qo‘shko‘pir tuman kengashi a’zosi, “Sherobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, deputat R.J. Masharipova mahalla faoli R. Miskinova bilan hamkorlikda “Uyma – uy” loyihasi asosida fuqarolarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishib, ularning muammolarini o‘rgandi.

Suhbat vaqtida aholi vakillariga Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartishlar bo‘yicha ma’lumotlar ham berildi va joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish