Jizzax viloyat kengashining V plenumi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashining V plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘. O‘rozboyev, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, partiya viloyat kengashi a’zolari, hududiy partiya tashkiloti rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Plenumda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum targ‘iboti, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturi ijrosi hamda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Jizzax viloyat Kengashi va deputatlik birlashmasining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha vazifalar to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

Majlisni viloyat kengashi raisi N.Xolmatov olib bordi va kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi. Unda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining faol ishtirokini ta’minlash, viloyat Kengashi partiya guruhining 2022-yildagi faoliyati yuzasidan axboroti, Ijroiya qo‘mitaning 2022-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti, Jizzax viloyat Kengashi a’zolari tarkibini qisman yangilash to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi.

O‘zXDP Jizzax viloyati kengashining bosh hisobchisi T. Zoirov so‘zga chiqib, 2022-yil budjetining ijrosi va 2023-yil budjetining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tahliliy ko‘rsatkichlarni aytib o‘tdi.

Plenum davomida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati H. Abdiniyazov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘. O‘rozboyev, Do‘stlik tuman kengashi raisi M. Qudratova, partiya xodimi S. Mamanovalar so‘zga chiqishib, o‘zlarining munosabatlarini bildirishdi.

Plenumda ko‘rilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Plenum Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish