Yangi Konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari!

 

Namangan muhandislik qurilish institutida “Yangi Konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston XDP Namangan viloyat va shahar kengashi mas’ullari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Anvarxon Temirov, viloyat Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Axrorjon Fayzullayev, viloyat musiqali drama teatri xodimlari va Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.


Targ‘ibot tadbirida so‘zga chiqqanlar referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz fuqarolari hayotida tutadigan o‘rni, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan e’tibor, xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishi, inson qadrini yuksaltirishga qaratilganligi haqida batafsil gapirib o‘tishdi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlar va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi ta’kidlandi.

Viloyat musiqali drama teatri xonandasi Elmurod Karimjanov tomonidan jonli ijro etilgan qo‘shiq tadbirga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Tadbir yakunida, ma’ruzachilar barchani xalqimizning nurli istiqboli, barqaror iqtisodiy taraqqiyotimiz, el baxti va farovonligi kafolati bo‘lgan tarixiy hujjatga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish