Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!
O‘zbekiston XDP Yangiyer shahar kengashi tomonidan Toshkent Kimyo-texnologiyalari instituti Yangiyer shahar filialida “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi normalarning inson qadrini yanada yuksalishiga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.