Fuqaro murojaati o‘rganilib, fraksiyaga taklif yuboriladigan bo‘ldi

 

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan, bolalikdan II guruh nogironi, partiyamiz elektorati hisoblangan Soliev Qodir Xusanovichning O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Markaziy Kengashiga Sog‘liqni saqlash va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarda mavjud bo‘lgan kamchiliklar yuzasidan qilgan murojaati fuqaro xonadoniga borib o‘rganildi.

O‘rganish davomida partiya Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari U.Sattarov, B.Kamalov, O‘zXDP Toshkent shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati N.Eshmetova, O‘zXDP Chilonzor tumani kengashi raisi, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati D.Maxmudova, O‘zXDP Yashnobod tumani kengashi raisi, Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati O.Buzrukxodjayeva, O‘zXDP Toshkent shahar kengashi mas’ul xodimi Yo.Abdusattarovalardan iborat bo‘lgan ishchi guruh murojaatchining muammolarini bartaraf etish bo‘yicha bildirilgan takliflarini tinglashdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati N.Eshmetova fuqaroning takliflari rivojlanayotgan jamiyatimiz uchun qanchalik muhim ekanligi, yangilangan Konstitutsiyamizda barcha fuqarolarimizni haq-huquqlari, majburiyatlari, bepul ta’lim olish, bepul tibbiy xizmatdan foydalanishi mumkinligi mustahkamlanib qo‘yilganligini aytib o‘tdi.

Murojaatchi Q.Soliev “Surda tarjimonlik” kurslarida O‘zXDP deputatlarning homiyligi bilan o‘qiyotganligini, yaqinda jarrohlik amaliyotidan o‘tish uchun ham aynan O‘zXDP deputatlarining ko‘magi kattaligini aytib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Fuqaro tomonidan bildirilgan takliflar ishchi guruh tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasiga qonunchilik darajasida hal qilinishi uchun taklif sifatida yuborilishi belgilab olindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish