Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan muloqot

 

Namangan tumanida "Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

O‘zbekiston XDP Namangan tuman kengashi, tuman Tibbiyot birlashmasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida aholi, jumladan, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, turli xil kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish, ayollar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish maqsadida tuman, viloyat markazlaridan mutaxassis shifokorlarni jalb qilgan holda "Ibrat" mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi ayollar, imkoniyati cheklanganlar va pensionerlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Loyihaning samarali tashkil etilishida partiya kengashi mas’ul xodimlari, 3 nafar umumiy amaliyot shifokorlari, 4 nafar patronaj hamshiralar va mahalla faollari hamkorlikda ish olib bordilar.

Shuningdek, xonadonbay shaklda har bir ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularni tashvishlantirayotgan masalalar o‘rganildi. Xastaligi sababli salomatligi yomonlashgan xotin-qizlarning davolanish uchun order olishi, nogironlik nafaqasini tayinlash ko‘rigidan o‘tish, nogironlik aravachasiga ehtiyoji borlar, statsionar davolanish, dori-darmonlar olish uchun yordamga muhtojlik kabi muammolarni hal etilishi yuzasidan partiyadan saylangan deputatlar va mas’ullar tegishli vazifalarni belgilab oldilar.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish