Partiya faollari hamisha e’tiborda

 

Ellikqal’a tumanida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va Ellikqal’a tuman Kengashi hamkorligida “Partiya faollari hamisha e’tiborda” mavzusida amaliy tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari X. Yeshimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, partiya fraksiyasi a’zosi A. Matniyazova, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Ellikqal’a tuman Kengashi raisi X. Satlikov, Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari, partiya faollari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari X. Yeshimbetov so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson qadrini ulug‘lashga qaratilganligi, aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida, shu jumladan, partiya elektorati vakillari orasida keng tushuntirish ishlarini yanada jonlantirish va bu ishlarda deputatlarning va partiya faollarining faol ishtirok etishlari yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida keng targ‘ib qilishda faol ishtirok etib kelayotgan bir qator partiya faollari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashining faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish