Xotira muqaddasdir

 

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Azimjon Sodiqov, O‘zXDP Chirchiq shahar kengashi raisi N. Raxmanberdiyeva, M. Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S. Xaitov hamkorligida faxriylar holidan xabar olindi.

Ikkinchi jahon urushida metin iroda va mardlik bilan kurashgan, bugungi tinch va osoyishta kunlarimizga hissa qo‘shgan, Chirchiq shahrida istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz, fahriyimiz Nikolay Kudinov xonadoniga borib, Vatanga qilgan xizmati uchun hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida u bilan samimiy suhbatlashildi. Tashrif so‘nggida otaxonga partiyamiz sovg‘alari taqdim etildi. Nikolay Kudinov bunday e’tibordan quvonib, o‘z minnatdorligini bildirdi.

9 May-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keksa otaxonu-onaxonlarni qo‘llab- quvvatlash, ularni qadrlab, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida Chirchiq shahar 30-okrug deputati E. Norboyev "G‘alaba" mahalla fuqarolar yig‘ini "Temir daftari"da qayd etilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj mehnat faxriysi Vyacheslav va Ekaterina Gerletslarning xonadonida bo‘ldi. Ularning yashash sharoitlari o‘rganilib, samimiy suxbatlashildi va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish