Matonatli ayollar xotirasi yod etildi

 

G‘uzor tumani hokimligi, Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi va 1-sonli IDUM bilan hamkorlikda 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati hokimlikda bir necha yil mehnat qilgan Ro‘zi Xolmonova va Turdi Ishanqulovalar xotirasiga bag‘ishlab, madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

"Xotira abadiy" nomli tadbirda marhumalar bilan birga ishlagan mehnat faxriylari, do‘stlari, ularning farzandlari, yaqinlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilar o‘tganlarni xotirlab, ular haqida o‘zlarining samimiy fikrlarini bildirishdi.

Ro‘zi Xolmonova 1992-1996 yillarda G‘uzor tuman hokim o‘rinbosari, 1996-2015 yillarda Xalq demokratik partiyasi G‘uzor tumani Kengashi raisi lavozimida, Turdi Ishanqulova esa 1992-2004 yillarda qadar tuman hokimining o‘rinbosari—xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida samarali mehnat qilgan.

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Faxriy
← Roʻyxatga qaytish