Uch avlod uchrashuvi

 

Qamashi tumanidagi 52- maktabda "Uch avlod uchrashuvi" turkum tadbirlari doirasida Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi guruhi a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Abdimurod Bozorov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Abdimurod Bozorov o‘z hayot yo‘li, partiyamiz safidagi faoliyati haqida so‘zlab berdi. Samimiy suhbat shaklida o‘tgan uchrashuvda o‘qish, bilim olish va halol mehnat qilishning ahamiyati xususida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish