Yoshlar parlamenti – mansab yo imtiyoz emas, balki imkoniyatdir

 

Yoshlar parlamenti bu – yoshlar mafkurasidir. Teran fikrli yoshlar jamiyatni uyg‘otuvchi kuchlardir. Fikr fikrni uyg‘otadi. Xolis bahslar va muloqotlar natijasida to‘g‘ri fikr g‘olib chiqadi va ustuvorlik kasb etadi. Yoshlar jasoratlidir chunki ular yangilik yaratishga moyil. Yoshlar parlamenti instituti esa, ana shu maqsadga to‘la-to‘kis javob beradi.

Jamiyatni ijrochilar emas, balki voqe’likni to‘liq idrok etib, o‘zini sub’yekt sifatida tuta oladigan va jamiyat manfaatlari yo‘lida milliy elita bo‘lib xizmat qilishni xohlaydigan ijodkor insonlar taraqqiyotga yetaklaydi.

Qaror qabul qilish huquqi va javobgarlik majburiyatini nazarda tutuvchi Yoshlar parlamenti mansab yo imtiyoz emas, balki boshqa insonlarga, Bataniga va xalqiga xizmat qilish imkoniyatidir.

Yoshlar parlamenti a’zolariga berilgan imkoniyat kelgusida munosib zaxira kadr sifatida shakllanish uchun bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga imkon beradi. Yoshlar uchun shaxsiy namuna so‘zdan ko‘ra kuchliroq ta’sirga ega bo‘lib, o‘z Vataniga muhabbat va g‘urur tuyg‘usi bilan to‘lib-toshgan insonlar shunday ta’sir kuchiga ega. Kelgusi parlament saylovlarining haqiqiy raqobatchilari, siyosiy immunitet shakllangan siyosiy avlodlari uchun bugungi kun Yoshlar parlamentining umidli vakillari hisoblanadi.

Yoshlar ezgu fazilatlarga muvofiq hayot kechirishi, harakat qilishi va quvonishi kerak. Oliy fazilatlar umidi asosidagina yoshlar butun vujudi bilan ishga sho‘ng‘ishi mumkin. Har qanday sohadagi bilim va ko‘nikmalarni ma’lum vaqt ichida o‘zlashtirish mumkin. Yoshlar parlamenti a’zolarining yetuk kadr sifatida shakllanishi va kelajakda muhim jarayonlardagi ishtiroki malaka emas, balki shaxsiy fazilatlar, undan kelib chiqadigan motivasiya, ular bilan birgalikdagi haqiqiy munosabatlar va muloqot, ishonch va hurmat belgilab beradi.

Yoshlar parlamenti – yoshlar ishtirokining turlicha ko‘rinishlari bayon etilgan va yoshlarning rasmiyatchilik asosidagi ishtiroki uchun platforma sifatida foydalanilishi emas, balki yoshlarning intilishlarini qo‘llab quvvatlaydigan institut bo‘lishi juda muhim. Yoshlar va davlatning konstruktiv muloqot uchun imkoniyatlarini kengaytirish va qarorlarni qabul qilish jarayoniga yoshlarni jalb qilish uchun yanada samaraliroq platformaga asos bo‘ladi.

 

Shoxrux O‘KTAMOV,

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlik masalalari qo‘mitasi raisi.

 

 

 

 

Teglar

Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish