Bolajonlarga xursandchilik ulashdi

 

O‘zXDP Toshkent viloyati kengashi raisi o‘rinbosari A.Sadikov, O‘zXDP Toshkent viloyati yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektor mudiri S.Ahmedova, Chirchiq shahar kengashi raisi N.Raxmanberdiyevalar 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Bolajonlarga mehr ulashing" shiori ostida 23-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan yordamchi maktabda bo‘ldilar.

O‘quvchi-tarbiyalanuvchilarning holidan xabar olish, bolalarning murg‘ak qalblariga mehr ulashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda bolajonlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularning ustozlari, ota-onalarining ham mashaqqatli mehnatlari e’tirof etildi. Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan qo‘shiq, raqslar ijro etildi.

Bayram so‘nggida bolajonlarga partiyamizning esdalik sovg‘alari, shirinliklar taqdim etildi. Bunday e’tibordan bolajonlar va ularning ota-onalari juda mamnun bo‘lishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish