O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Farg‘ona viloyatidagi ishonchli vakili Dilbar Mamajonova Farg‘ona shahridagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida saylovchilar uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ishonchli vakil Dilbar Mamajonova Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi haqida saylovchilarga ma’lumot va tushuntirishlar berdi.
Xususan, nomzodning saylovoldi dasturidagi fuqarolarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, ularni ishsizlikdan himoya qilish, fuqarolarning kasbiy tayyorgarligi, qayta tayyorlanishini tashkil etish va rag‘batlantirish tashabbusiga alohida to‘xtaldi. Va tashabbusning amalga oshirilishi odamlarning farovon hayot kechirishlariga zamin yaratishini ta’kidladi.
Uchrashuvda ishonchli vakil faollarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berdi.