Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Buxoroda uchrashuv o‘tkazdi

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Buxoro viloyatidagi ishonchli vakili Zulfiya Tuyeva Olot tumani Ma’naviyat va madaniyat markazida saylovchilar bilan uchrashdi.

Nomzodning ishonchli vakili Zulfiya Tuyeva yig‘ilganlarga nomzod saylovoldi dasturida belgilangan tashabbuslar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Jumladan, aholini arzon elektr-energiya, issiqlik va issiq suv tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha hududiy investitsiya dasturlarini amalga oshirish hamda kommunal xizmatlar tariflari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tashabbuslariga alohida to‘xtaldi. Ishonchli vakil saylovchilarga ushbu tashabbuslar amal oshirilsa, odamlarning yashash sharoitlari yanada qulaylashishini, shuningdek, kommunal to‘lovlar ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilsa, xizmat tariflarning narxlari barqarorlashishini izohladi.

Uchrashuvda saylovchilarning dastur bo‘yicha savollariga vakil batafsil javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish