Inson qalbiga yo‘l muhtojlarga saxovatdan boshlanadi

 

Ijtimoiy ko‘makka muhtojlar holidan xabar olish, ularga saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos an’ana desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu kabi ezgu ishlar nogironligi bo‘lgan shaxslar qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Zero, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini ta’minlashga erishish mumkin.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan tez-tez xabar olib turilibdi.

O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tuman Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti a’zosi, Yakkabog‘ tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shuhrat Yusupov ko‘ngli yarim yurtdoshlarimiz holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy jihatdan yordam berish ishlari faollik ko‘rsatmoqda.

Jumladan, Yakkabog‘ tuman Kattabog‘ MFY va Mevazor MFY hududlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan nogironligi bor To‘lqin Jovliyev va Shaxobiddin Berdiyevlarning xonadonida bo‘lib, ularni qiynayotgan masalalar o‘rganildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish