Yoshlar uchun navbatdagi seminar-trening

 

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan iqtidorli talabalar, magistrlar, doktorantlar, yosh olimlar hamda prorektorlar uchun doimiy ravishda mashhur olimlar, shoir va yozuvchilar, davlat rahbarlari hamda sohalar bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida ma’ruzalar, davra suhbatlari va seminar-treninglar tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.

2023 yil 13 iyul kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan “Birgalikda ijtimoiy davlat sari” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.

Ma’ruzani Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich ochib berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a’zosi Hasanova Mavjuda G‘aniyevna hamda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti professori Jo‘rayev Narzulla Qosimovichlar mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.


 

 

 

← Roʻyxatga qaytish