Kitob – maʼnaviyat bulogʻi

 

Darhaqiqat, kitob insonni yerdan koʻkka koʻtaruvchi, uning maʼnaviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, maʼnaviy-maʼrifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin koʻrsatib berishga qodir mashʼala hisoblanadi.

Kuni kecha, kitobxonlar davrasining navbatdagi uchrashuvi Kitob tuman "Nuroniy" jamgʻarmasi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati J.Raxmonov,tuman hokimi maslahatchisi A.Omonov,"Buvijonlar maktabi" hamda "Oqila ayollar" guruhi aʼzolari ishtirokida "Kitob - bilim chirogʻi" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali oʻquvchi-yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish. yoshlarni koʻproq kitob oʻqishlariga, bilim olishlariga oʻrgatish, yoshlar oʻrtasida erta nikohni oldini olish boʻyicha har-xil kitobxonlik kechalarini hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil qilish va hududlarda oʻtkazish toʻgʻrisida suhbatlashildi.

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish