"AYOLLAR IJTIMOIY HIMOYASI-IJTIMOIY FAOLLIK POYDEVORI"

 

Oʻzbekiston XDP Chirchiq shahar kengashi raisi N.Raxmanberdiyevaning tashabbusi bilan shahar tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimida "Ayollar ijtimoiy himoyasi-ijtimoiy faollik poydevori" mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Uchrashuvda ushbu muassasa boshlangʻich partiya tashkiloti raisi M.Isabekova  hamda bir guruh partiya faollari, xotin-qizlarga partiyamizning saylovoldi dasturida belgilangan maqsad-vazifalar ijrosi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatda egallagan oʻrni va roli, ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ishsiz xotin-qizlarni bandligini taʼminlash, yurtimizda xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, imtiyozlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Uchrashuv sermazmun, ochiq muloqot ruhida davom etdi.

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish