Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi va Nukus tuman kengashi hamkorligida "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy eʼtiborda" loyihasi doirasida xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarni aniqlash va oldini olish maqsadida tibbiy koʻrik tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston XDP Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi va Nukus tuman kengashi masʼul xodimlari, Nukus tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinika shifokorlari va "Darsan","Tөk taoʻ" mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidagi aholi vakillari ishtirok etdi.
Tibbiy koʻrik davomida 50 nafardan ortiq xotin-qizlar va bolalarning salomatligi oʻrganilib, zaruriy xulosalar va koʻrsatmalar berildi. Kasalligi aniqlangan ayollarga bepul dori-darmon vositalari ajratildi.
Oʻzbekiston XDP Qoraqalpogʻiston Respublika
Kengashi matbuot xizmati