Deputatga minnatdorchilik


Poytaxtning Chilonzor tumanidagi Koʻtarma mahallasida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish, muammolarni tezkorlik bilan joyida hal etishga qaratilgan "Deputat mahallada", "Yaxshilik va xayriya" loyihalari doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston XDP Chilonzor tuman kengashi raisi, xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi OʻzXDP deputatlik guruhi rahbari,14-Toʻxtagul okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan aholi murojaatlari oʻrganildi va nazoratga olindi.

Uchrashuv soʻngida "Koʻtarma" MFY faollari hamda fuqarolari deputat Maxmudova Donoxon Artikovnaga mahalla fuqarolarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlab kelayotganligi, mahallani obodonlashtirish va muammolarni bartaraf qilishda oʻz bilim va tajribalarini ayamayotganligi uchun minnatdorchilik bildirishdi.

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar

kengashi matbuot xizmati

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish