Konstitutsiya asosiy qonunimiz!
O‘zbekiston XDP Kogon, G‘ijduvon hamda Qorovulbozor tuman kengashlari tomonidan "Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati"ga bagʻishlangan oʻquv-seminarlar o‘tkazildi.
O‘quv-seminarlari davomida so'zga chiqqanlar tomonidan, Oʻzbekiston oʻzini ijtimoiy davlat deb eʼlon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olayotganligi, bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, sifatli taʼlim va tibbiyot kafolatlanishi, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va pensiya tizimi haqida taʼkidlandi.
Oʻzbekiston XDP Buxoro viloyat
kengashi matbuot xizmati