CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO'RIK

 

Oʻzbekiston XDP Namangan shahar kengashi tomonidan "Ozod" MFY hududida joylashgan 9-Oilaviy poliklinika bilan hamkorlikda "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy eʼtiborda" loyihasi doirasida aholi, jumladan, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, turli xil kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish, ayollar va oʻsmir qizlarni sogʻlomlashtirish maqsadida mutaxassis shifokorlarni jalb qilgan holda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi ayollar, bolalar va pensionerlar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.


Unda Oʻzbekiston XDP Namangan viloyat va shahar kengashi rahbar hamda masʼul xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Tibbiy koʻrikda ginekolog, pediatr, nevropatolog, kardiolog, endokrinolog, rentgen, UZI, laboratoriya analiz tahlillari va boshqa mutaxassislar ishtiroki taʼminlandi. Mutaxassislar tomonidan 272 nafar xotin-qizlar va 107 nafar bolalar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ularning 45 nafarida turli xil kasalliklar aniqlandi. Shundan Pediatr tomonidan 37 nafar, momaskiring koʻrigidan 17 nafar, kardiolog koʻrigida 49 nafar, endokrinolog tomonidan 9 nafar, lor koʻrigida 10 nafar, Akusher-ginekolog koʻrigida 41 nafar, Nevropatolog koʻrigida 21 nafar, UZI tekshiruvidan 15 nafar, EKGdan 31 nafar Rentgen tekshiruvidan 8 nafar, laboratoriya tekshiruvidan 96 nafar fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ularga tor doira mutaxassislari tomonidan kerakli tavsiya va yoʻllanmalar berildi.


Tibbiy koʻrik davomida Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, ularga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ayollar va oʻsmir qizlarni sogʻlomlashtirish hamda boʻlajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash maqsadida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida tashkil etilgan "Ayollar maslahatxona"lari faoliyati oʻrganildi. Shuningdek, poliklinikada yoʻlga qoʻyilgan elektron roʻyxat aholi uchun yanada qulayliklar, ortiqcha tirbandliklarni oldini olishda xizmat qilmoqda.


Tibbiy koʻrik natijasida kasalligi aniqlangan, kam taʼminlangan, ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlarga tavsiya va yoʻllanmalar berildi.
Tadbir soʻngida tibbiy koʻrikni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilgan 9-Oila poliklinika maʼmuriyatiga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

O‘zbekiston XDP Namangan viloyat

kengashi matbuot xizmati

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish