Onalik va bolalik – Davlat muhofazasida

 

Joriy yilning 26-iyul kuni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Nurota tuman kengashi hamda "Yangi Hayot" mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan Oilaviy poliklinika hamkorligida "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy eʼtiborda" loyihasi asosida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Loyihani amalga oshirishdan maqsad aholi, xotin-qizlar va bolalarning salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarni erta aniqlash hamda oldini olishga qaratilgan.

Shu bilan bir qatorda shifokor mutaxassislar tomonidan mahallalar boʻylab sayyor koʻchma koʻriklar ham amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston XDP Navoiy viloyat

kengashi matbuot xizmati

Teglar

Oʻzbekiston XDPning eng faol ayoli Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish