Fuqarolarning huquqiy xabardorligi oshmoqda

 

Oʻzbekiston XDP Yangiyer shahar kengashi huzuridagi Jamoatchilik qabulxonasiga "Maʼrifat" mahalla fuqarolar yigʻini, Orzu koʻchasi 11-uyda yashovchi fuqaro Obloqul Xudoynazarov uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kredit yoki subsidiya ajratilishida amaliy koʻmak va huquqiy maslahat soʻrab murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan tuman kengashi raisi A.Toshmatov va shu hudud deputati Gulnora Boymirzayevalar murojaatni oʻrganib chiqib, fuqaroga huquqiy maslahat berib, masalaning qonuniy yechimi boʻyicha tushuntirish ishlari olib bordilar.

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish