Deputat saylovchilar huzurida

 

O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Samarqand viloyat Kengashiga saylangan deputat O‘ktam Saidmuradov Jomboy tumani "Q‘org‘onsolomon" mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda fuqarolarni qiynab kelayotgan kommunal xizmat sifatini yaxshilash, yo‘l, moddiy yordam masalalarida o‘ndan ortiq murojaat tushdi. 

Jumladan, qishloq ichki yo‘lining 600 metr qismini asfalt qilish, 2024 yil dasturi asosida 100 ta simyog‘och o‘rnatish bo‘yicha taklif bildirildi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish