Xalq bilan muloqot: muammolarning samarali yechimi

 

Joriy yilning 27 iyul kuni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Shayxontohur tuman kengashi tomonidan tumanning "Obinazir" mahallasida aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, mavjud muammolarini aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida "Xalq bilan muloqot: muammolarning samarali yechimi" mavzusida sayyor qabul va ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda elektr energiyasi, suv taʼminoti va ulardan oqilona, yaʼni tejamkorlik bilan foydalanish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv soʻngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, har bir fuqaro jamiyat va davlat hayotida ijtimoiy faol boʻlishi mahallada tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda, nuroniy va keksa faxriylardan iborat tuzilgan "maslahat kengashlari"ning oʻrni muhimligi toʻgʻrisida ham fikrlar bildirildi.

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish