Murojaatlar o'z joyida o'rganilmoqda
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Kegeyli tuman kengashi va Xalq deputatlari Kegeyli tuman Kengashidagi partiya guruhi aʼzolari tomonidan "Uyma-uy" loyihasi doirasida aholi murojaatlari joyiga chiqib oʻrganildi.
Uchrashuvda Kegeyli tuman Kengashi masʼul xodimlari, "Janabazar" ovul fuqarolar yigʻiniga tashrif buyurib, mahallada yashovchi, ijtimoiy koʻmakka muhtoj "Ayollar daftari"ga kiritilgan, nogironligi boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan, ish bilan taʼminlanmagan, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar xolidan xabar olindi va fuqarolar orasida mavjud muammolarni oʻrganib, hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.