Hududlarda oʻquv-seminarlari davom etmoqda

 

Bugun Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo hamda Navoiy viloyat Kengashlari tomonidan shahar va tuman kengashi raislari, mas‘ul xodimlari uchun "Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati"ga bagʻishlangan oʻquv-seminarlari boʻlib oʻtdi.

O‘quv-seminarlari davomida "Konstitutsiyaning" vujudga kelish tarixi, uning davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimi, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning oʻzaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimi hamda davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarini belgilab berishi, bosh qomusimizdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshgani, qolaversa, konstitutsiya 65 foizga yangilangani taʼkidlandi.

Seminar soʻngida ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyaga oid savollarga javoblar berilib, partiya faollaridan asosiy qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini joylarda keng targʻib etishda faol boʻlishlari aytildi.

 

 

 

Teglar

Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish