Har bir murojaat eʼtiborda
Oʻzbekiston XDP Shoʻrchi tuman kengashi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi OʻzXDP deputatlari ishtirokida "Deputat mahallada" loyihasi doirasida tumandagi mahallalarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi bor shaxslarning xonadonlariga borib, muammolari oʻrganilmoqda.
Xususan, "Xayrabod", "Kushon", "Qoʻshtegirmon" mahallalaridagi murojaatlar oʻrganildi va ularning roʻyxati shakllantirilib, manzilli yordam koʻrsatilmoqda.
Deputatlarning aholini qiynayotgan masalalarga yechim topishda koʻmaklashayotgani yurtdoshlarimiz qalbida kelajakka umid va ishonch tuygʻularini mustahkamlamoqda.