Vatan sevgisi – iymon belgisi
G‘allaorol tumanining Barkamol avlod bolalar maktabi faollar zalida Mustaqillik bayramining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan sevgisi – iymon belgisi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston XDP G‘allaorol tuman Kengashi raisi Komil Usmonov ona vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Istiqlolimizning 32 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir davomida yoshlar tomonidan Vatanimizni madh etuvchi badiiy dastur namoyish qilindi.