Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!
Farg‘ona viloyati “Qizlar ovozi” klubi jamoasi hamda O‘zXDP Yoshlar parlamenti a’zosi Nurmurod Sirojov tashabbusi bilan "Farg‘onaazot" AJda yosh xotin-qizlari uchun “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda psixologlar, jamiyatning faol xotin-qizlari va qizlar ovozi klubi a’zolari ishtirok etdi. Qiziqarli psixologik trening, namoyish etilgan ibratli videolar barcha yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.
Tadbirning ikkinchi qismida korxona xotin-qizlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.