Mustaqillikdan qadr topgan ayollar

 

O‘zXDP Toshkent viloyati kengashi va Chinoz tumani kengashi tomonidan «Mustaqil yurtning faol ayollari: huquqiy va ijtimoiy asoslar» mavzusida davlat mustaqilligining 32 yilligi bayrami oldidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda so‘zga chiqqan partiyaning Toshkent viloyati Kengashi vakillari tadbir ishtirokchilarini avvalo yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami bilan tabriklab, istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning ahamiyati hususida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, ularning haq-huquqlari, «Ayollar daftari»ga kiritilgan ayollarga ko‘rsatilayotgan yordamlar xaqida gapirib o‘tildi. Ayollar daftarida 1-toifa ishsiz ayol sifatida ro‘yxatda turgan Feruza Orziyeva Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar xaqida to‘lqinlanib gapirdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan suhbat so‘nggida 10 nafar xotin-qizlar partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish