Strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga poydevor

 

Mushtarak ildiz va uzoq tarixga asoslangan Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlari bugun yangi davr voqeligiga mos ravishda jadal rivojlanmoqda. Davlatlarimiz o‘rtasida bugunga qadar imzolangan 160 dan ortiq hujjat, jumladan, Strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish deklaratsiyasi uni yanada rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. Ozarbayjon va O‘zbekiston, shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari o‘rtasidagi kundan kun mustahkamlanib borayotgan aloqalar ham davlatlarimiz va xalqlarimiz, balki butun turkiy dunyo taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

2022 yil 11 noyabr kuni jahon sivilizatsiyasi markazi, Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining IX sammiti bo‘lib o‘tdi. Hatto 3500 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan qadim Samarqandning «Turkiy sivilizatsiya poytaxti» deb atalishi ham tarixning kinoyasi emas, balki zarurat va qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlarning o‘rnini bosishdir. Chunki Samarqand azaldan taraqqiyot, madaniyat, ilm-fan, ma’rifat, do‘stlik markazi bo‘lib kelgan. Hozir esa ushbu qadimiy kentda — Shayboniylar, Temuriylar, Naqshbandiylar ruhi singgan zaminda turkiy dunyoning ko‘plab masalalari muhokama qilinmoqda, yangi dunyo tuzumida yangi qarorlar qabul qilinishi tarixni ortga qaytarmoqda.

Rahbarlarning uzoqni ko‘ra bilishi uzoq maqsadlarga erishishga yordam beradi. Yetakchilarning umumiy maqsadlarni tanlashi esa xalqlar va davlatlarning parallel rivojlanishining kalitidir. Bu sodir bo‘lganda, xalqaro tashkilotlarga integratsiyalashuv jarayoni soddalashadi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida davom etayotgan parallellik turkiy davlatlarning tashkil etilishida ham muvozanatni saqlashga xizmat qilmoqda. Turkiy davlatlarning qadriyatlari va ma’naviy aloqalarini asrab-avaylash va rivojlantirishda Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning xizmatlari juda katta.

 

Muqaddas O‘razaliyeva,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish