Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!
Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Shahrisabz tumanidagi “Miraki” MFYda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Lola Saodatova so‘zga chiqib, istiqlol yillarida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, inson qadrini ulug‘lash borasidagi ezgu islohotlar haqida fikr-mulohazalarini bayon etdi.
Xonandalar, iqtidorli yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Faol yoshlarga kitoblar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.