Ehtiyojmand oilalar deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi O‘zXDP deputati A.V.Kim homiyligida o‘zi saylangan Qo‘chqorchi MFY hududida yashovchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand va boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari olib berildi.
Fuqarolarning xursandchiligi cheksiz. Deputat o‘z navbatida bolalar bilan dildan suhbatlashib, halol, to‘g‘ri so‘z inson bo‘lish muhimligi, maktabda a’lo baholarga o‘qishning ahamiyati, Yangi O‘zbekiston bilimli, ilmga chanqoq yoshlar qo‘lida ekanligini tushuntirdi.