Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash deputatlar nazoratida

 

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputatlari “O‘zsuvtaminot” AJ rahbariyati bilan uchrashdi.

Muloqotda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Toshkent tumanida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va bu borada qo‘shimcha takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuv chog‘ida “O‘zsuvtaminot” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Dilshod Azimov olib borilayotgan qurilish ishlarida jamoatchilik nazorati vakillari sifatida deputatlarning o‘rni borligini ta’kidlab, minnatdorlik bildirdi. Toshkent tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish