Toshkent viloyatida “Deputat va yoshlar” forumi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun hayot o‘zgardi, zamon yangilandi. Yoshlarimizni dunyoqarashi, ongu- tafakkuri, huquqiy madaniyati, siyosiy faolligi ortib bormoqda. Yoshlarning islohotlarga qiziqishi ham, talabi ham oshdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham yoshlar bilan ana shunday o‘zgarish va yuksalishlarga mos ishlashga o‘tmoqda.

Nurafshon shahrida Toshkent viloyat kasaba uyushmasi binosida O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi tomonidan “Deputat va yoshlar-2023” forumi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston XDP dan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat va mahalliy kengashlariga saylangan deputatlar, shahar, tumanlar kengashlari raislari, partiya faollari va yoshlar ishtirok etishdi.

Forum orqali aholini ijtimoiy himoya qilishda yangi innovatsion g‘oya va tashabbuslarga asoslangan loyihalarni amalga oshirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodiy, siyosiy imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsad qilingan. Shuningdek, yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etib, ularning muhim tashabbus va takliflarini olish edi.

Tadbir doirasida Yoshlar murojaati va Yosh siyosatchilar klubi faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi va Toshkent viloyati Yoshlar Ittifoqi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, partiya safiga yangi azolar qabul qilindi va guvohnoma topshirildi.

Ochiq muloqotlar davomida deputatlar yoshlarning savollariga javob berib, qaysi sohani tanlashdan qat’iy nazar, o‘sha ishni chin dildan sevib qilish kerakligini, ilm izlash, olingan bilim va ko‘nikmalarni hayotga tatbiq etish lozimligi haqida tavsiyalar berildi va ko‘plab tashabbuslar ilgari surildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish