Talabalarga siyosiy partiyalarning ahamiyati va o‘rni tushuntirildi

 

O‘zbekiston XDP Namangan viloyat va shahar kengashlari hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot - bilimda!” g‘oyasi asosida Namangan pedagogika Instituti faollar zalida tasviriy san’at va geografiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda bugungi kunda siyosiy partiyaning yoshlar va ijtimoiy soha vakillari o‘rtasidagi o‘rni, prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarning ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Yurtimizda ta’lim sohasidagi islohotlar, pedagog xodimlar qo‘llab-quvvatlanayotgani haqida gapirilib, ilm olish va ilm egalarini hurmat qilish, ta’lim bilan tarbiyani bevosita birdek egallash O‘zbekiston yoshlarining eng ustuvor vazifasi ekanligigi ta’kidlandi. Yoshlarning kelajakda egallamoqchi bo‘lgan rahbarlik vazifalarida siyosiy partiyalarning ahamiyati va o‘rni beqiyosligi tushuntirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish