«Uyma-uy» loyihasi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Beruniy tuman kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi S. Imamova tashabbusi bilan «Uyma-uy» loyihasi doirasida tumandagi «Bunyodkor» mahallasida yashovchi fuqaro, 92 yashar Bibi Kurbanbayeva murojaati o‘rganildi.
Murojaatda B. Kurbanbayeva nogironlik aravachasiga muhtojligini bildirgan edi. Onaxonning iltimosi deputat tomonidan nazoratga olinib, B.Kurbanbayevaga nogironlik aravachasi yetkazib berildi.