O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti tashabbusi bilan tumandagi "Yangiyo‘l" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi elektr tarmoqlari korxonasida "Xalq bilan muloqot: muammolarning samarali yechimi” loyihasi doirasida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda tuman kengashi deputatlari Tursunboy Soliev, Azizjon Qodirov va Muhammadjon Juraboyevlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida O‘zbekiston XDP tuman kengashi raisi, ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi T. N. Soliev tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-moxiyati, unga kiritilgan o‘zgartishlarga to‘xtalib, 1-moddasida "O‘zbekiston ijtimoiy davlat" deb e’lon kilinganligi, Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga o?id normalar uch barobarga ortganligi, nogironligi bor bolalarning o‘z tengdoshlari bilan bir xil ta’lim olishi inklyuziv ta’lim sifatida Konstitutsiyaga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Mazkur yangi normalarning insonlar hayotida aks etishi fuqarolarning erkin va farovon, baxtli hayot kechirishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, sud-huquq sohasiga kiritilgan normalar bo‘yicha ham to‘liq ma’lumotlar berildi.
Muhokamalar chog‘ida mazkur idorada ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar va ularning muammolari xam o‘rganildi. Savol-javob asnosida o‘tgan davra suhbatida tadbir ishtirokchilari tomonidan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yurtimiz yanada ravnaq topishi va fuqarolar farovonligi yanada yuksalishida muhim o‘rin tutishiga ishonch bildirildi.