Qo‘ng‘irotda ayollar va bolalar salomatligiga muhim e’tibor qaratilmoqda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qo‘ng‘irot tuman kengashi tomonidan «Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda» loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Qo‘ng‘irot tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida «Sanoat» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ayollar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
25 nafardan ziyod xotin-qizlar va 18 nafar bolalarning salomatligi o‘rganilib, zaruriy xulosalar va ko‘rsatmalar tavsiya qilindi. Kasalligi aniqlangan 1 nafar ayolga order va bepul dori-darmonlar berildi.