Millatimiz boyligi – milliylikdadir!

 

O‘zbekiston XDP Kitob tuman kengashi tomonidan tuman Axborot-resurs markazida “Xon atlas-2023” festivali doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda faol xotin-qizlar, boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari ishtirok etishdi.

Tadbirda Kitob tuman partiya kengashi raisi, deputat Z.Norova so‘zga chiqib, milliy qadriyatlarimizning ulug‘ligi, tumanda tashkil etilgan hunarmandchilik markazlariga qaratilayotgan e’tibor, chevarchilik, kashtachilik va hunarmandchilikning boshqa turlari bilan shug‘ullanib, shuning ortidan obro‘ va daromad topayotgan qo‘li gul ayollar haqida fikr-mulohazlar bildirdi.

Tadbir so‘nggida Axborot-resurs markazi rahbari, partiya faoli R. Xurramovaga partiya Markaziy Kengashining faxriy yorlig‘i topshirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish