Yangi Konstitutsiya normalarini amalga oshirish bo‘yicha choralar belgilandi

 

Yurtimizda joriy yilning 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yoqlab ovoz berdi. Referendum ko‘p millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qat’iy qaror qilganligining ishonchli ifodasi bo‘ldi.

Xususan, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni Yangi O‘zbekiston ulug‘vor g‘oyasiga hamohang tarzda ro‘yobga chiqarish, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish, fuqarolar o‘z hayotida xalq Konstitutsiyasi ruhini yaqqol his etib turishini ta’minlash ishlari izchil olib borilmoqda.

Bunga birgina misol, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasini amalga oshirish bo‘yicha ham vazifalar belgilangan. Konstitutsiyaning ushbu moddasida - Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi” deb belgilab qo‘yilgan.

Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan ёки tushish xavfi yuqori bo‘lgan ҳар bir oila bo‘yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi”ni юритиш tartibi amaliyotga joriy etiladi. Bunda, ushbu oilalarda sharoitni yaxshilash, ularga davolash, dori vositalari bilan ta’minlash, farzandlarini maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlariga joylashtirish, moddiy yordam berish каби ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutiladi, 2024 yil 1 yanvardan boshlab esa, Toshkent shahrining tibbiyot muassasalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar hajmi ва dori vositalari ro‘yxatini amaliyotga kiritishni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya ҳамда dori vositalari bilan ta’minlash ишлари “vaucher” tizimi асосида bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Bunda, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tovar va xizmatlarni o‘zlari tanlagan yetkazib beruvchidan xarid qilish имконияти yaratiladi va ularning xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan қоплаб beriladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini ham yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

 

Boymurat Yusupov,

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Boshqarma boshlig‘i.

 

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish