Aholi bandligini ta’minlash deputatlar nazoratida

 

Xalq deputatlari Bo‘ston tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi deputatlik guruhi tomonidan ikkita: Bo‘ston tumanida 2023 yilda “Yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi” ijrosini ta’minlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 martdagi 122-sonli hamda 2021 yil 21 oktabrdagi 654-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomida belgilangan vazifalar ijrosi haqidagi masalalar kiritildi.

Sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tegishli idoralarning hisobotlari tinglandi. So‘ng tumanda mazkur masalalarga oid muammolarni hal qilish yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish