Umrini ziyo tarqatishga bag‘ishlagan insonlar hamisha ardoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qorovulbozor tuman kengashi tashabbusi bilan “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Diydor shirin” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unga faxriy pedagog, “Xalq ta’limi a’lochisi” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi” ko‘krak nishoni sovrindori Zoyirova Latofat Ismoilovna mehmon sifatida taklif qilinib, o‘z hayot tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Latofat Zoyirova 42 yillik pedagogik faoliyati davomida 150 dan ortiq metodik tavsiya va qo‘llanmalar yaratgan. Ilmiy metodik maqolalari “Mahorat ko‘zgusi”, “Til va adabiyot” jurnallarida hamda respublika miqyosidagi gazetalarda chop etilgan. Bugungi kunda Latofat opa 1 o‘g‘il va 2 qiz farzandlari ardog‘ida, nabiralarning sevimli buvijonisi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Latofat Zoyirova haqida o‘zlarining fikrlarini bildirib, birga ishlagan davrlarini yod olishdi. Shogirdlar esa o‘zlarining samimiy tilaklarini izhor etishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish