Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi

 

Toshkent viloyati Chirchiq shahar 25-okrug deputati A. Maxsumov tomonidan Chirchiq shahar hokimligi va shahar energiya ta’minoti bo‘limiga yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

“Ma’rifat” MFY hududida joylashgan Nizomiy, Vatan va boshqa ko‘chalardagi eski sim yog‘ochlar o‘rniga 34 ta stolbalar o‘rnatilishi belgilandi. Hozirgi kunda 12 ta stolba almashtirilgan.

Deputat A. Maxsumov mahalla faollari hamkorligida mahallani obod qilish ishlarini davom ettirmoqda.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish