Oila mustahkamligi – jamiyat mustahkamligi

 

O‘zbekiston XDP Asaka tuman kengashi tomonidan tuman FXDYo bo‘limida erta nikoh, ajrimlarning oldini olish va xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha davra suhbati tashkil qildi.

Muloqotda oila qurayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, oila jamiyatning eng kuchli bo‘g‘ini ekanligi, bir-birlarini hurmat qilib, tushunib yashashsa oilalar mustahkam bo‘lishi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yaqin qarindoshlar va erta nikohning salbiy oqibatlari, buning natijasida qancha go‘daklar nogiron dunyoga kelayotgani misollar bilan tushuntirib berildi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish