O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi tomonidan Sh.Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida «Qonunchilik yoshlar nigohida» loyihasi asosida huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi. Unda asosan «O‘zbekiston-2030» strategiyasida belgilab berilgan yo‘nalishlar bo‘yicha suhbat bo‘ldi.
Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq o‘tkazilgan prezidentlik saylovi yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlaganidan dalolat berayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuvda e’tirof etilganidek, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda.
Tadbir davomida partiyaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ham tushunchalar berib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.