Yoshlarning kasb-hunar egallashi muhim masalalardan biridir

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Norin tuman kengashi, tuman ma’naviyat bo‘limi bilan hamkorlikda "Yoshlar bandligiga ko‘maklashamiz" loyihasi doirasida tumandagi yoshlar markazi faollar zalida uchrashuv tashkil etildi.

Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanishlari, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari yuzasidan mas’ullar batafsil tushunchalar berishdi.

Savol javob tarzida samimiy ruhda o‘tgan muloqot so‘nggida faol yoshlarga partiyaning faxriy yorliqlari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish